AI qoʻngʻiroq markazi

Qoʻngʻiroqlarga sunʼiy intellekt javob beradi

SmartVoice mijozlaringiz bilan oʻzbek va rus tilida telefonda gaplashadi: kiruvchi qoʻngʻiroqlarga javob beradi, oʻzi qoʻngʻiroq qiladi va har bir suhbatni yozib qoldiradi.

Telegram'da yozing — AI sizga oʻzi qoʻngʻiroq qiladi.

Qanday ishlaydi

  1. 1

    Telegram'da yozing

    Tugmani bosing va bizga yozing. Menejer ismingiz, kompaniyangiz va telefon raqamingizni soʻraydi.

  2. 2

    AI sizga qoʻngʻiroq qiladi

    09:00–18:00 oraligʻida (Toshkent vaqti) AI qoʻngʻiroq qilib, SmartVoice qanday ishlashini oʻz misolida koʻrsatadi. Suhbat yozib olinadi.

  3. 3

    Menejer bilan kelishasiz

    AI siz bilan qulay vaqtni kelishadi, menejer qayta qoʻngʻiroq qilib, biznesingizga mos tarifni taklif qiladi.

Kimlar uchun

Telefon orqali koʻp savol keladigan har qanday biznes uchun.

Imkoniyatlar

  • Kiruvchi qoʻngʻiroqlarga AI

    Raqamingizga kelgan qoʻngʻiroqlarga AI kecha-kunduz javob beradi.

  • Chiquvchi kampaniyalar

    Raqamlar roʻyxatini Excel bilan yuklang, vaqt oraligʻini belgilang — AI oʻzi qoʻngʻiroq qiladi.

  • Faqat sizning maʼlumotingiz

    AI siz bergan savol-javob roʻyxatidan javob beradi va oʻzidan toʻqimaydi. Javobi yoʻq savolga siz belgilagan javobni aytadi.

  • Yozuv va matn

    Suhbatlar yozib olinadi, AI suhbatlarining matni ham saqlanadi.

  • Brauzerdagi telefon

    Operatorlar qoʻngʻiroqlarni brauzerda qabul qiladi va qiladi. Vidjetni saytingiz yoki ERP tizimingizga qoʻshish mumkin.

  • Javobsiz qoʻngʻiroqlar nazoratda

    Operatorlar javob bermasa, qoʻngʻiroq mobil raqamingizga yoʻnaltiriladi, javobsizlari roʻyxatda qoladi.

Narxlar

Narxlar QQS bilan. IP telefoniyasi boʻlmagan kompaniyalar uchun — raqamni biz ulaymiz.

Koʻp beriladigan savollar

AI oʻzbek tilida yaxshi gapiradimi?

AI oʻzbek va rus tillarida gapiradi. Eng yaxshi tekshirish — demo qoʻngʻiroq: AI sizga oʻzi qoʻngʻiroq qiladi.

Demo qoʻngʻiroq qanday oʻtadi?

Telegram'da yozasiz, menejer ismingiz, kompaniyangiz va raqamingizni soʻraydi va roziligingizni oladi. AI 09:00–18:00 oraligʻida qoʻngʻiroq qiladi, SmartVoice haqida gapirib beradi va menejer bilan qulay vaqtni kelishadi. Demo bepul.

Suhbat yozib olinadimi? Maʼlumotlarim qayerda?

Ha, demo qoʻngʻiroq yozib olinadi va matnga oʻgiriladi, AI buni suhbat boshida aytadi. Maʼlumotlar Oʻzbekistondagi serverda saqlanadi. Suhbat paytida ovoz real vaqtda qayta ishlash uchun Google (AQSh) xizmatiga uzatiladi. Batafsil — maxfiylik siyosatida.

IP telefoniya yoki yangi raqam kerakmi?

Yoʻq, raqamni biz ulab beramiz. IP telefoniyangiz sozlangan boʻlsa, narx alohida kelishiladi.

Kanal va daqiqa nima?

Kanal — bir vaqtda boʻlishi mumkin boʻlgan qoʻngʻiroqlar soni: Mini'da 1 ta, Pro'da 3 ta. Daqiqalar — oy davomida raqamlaringiz orqali oʻtgan suhbatlar vaqti, har bir qoʻngʻiroq toʻliq daqiqaga yaxlitlanadi. Limitdan ortgan har daqiqa — 550 soʻm.

AI bilmagan savolga nima deydi?

AI faqat siz bergan savol-javob roʻyxatiga tayanadi va oʻzidan toʻqimaydi. Javobi yoʻq savolga siz oldindan belgilagan javobni aytadi, masalan, operator qayta bogʻlanishini.

Bepul sinov qanday ishlaydi?

7 kun davomida SmartVoice'ni oʻz raqamingizda 30 daqiqagacha bepul sinaysiz. Obunaga oʻtganda oʻrnatib berish toʻlovi (250 000 soʻm) olinadi.

Tarifni keyin oʻzgartirsa boʻladimi?

Ha, masalan Mini'dan Pro'ga oʻtish mumkin. Yangi raqam yoki kanal ulanganda oʻrnatish toʻlovi bir marta olinadi.

Demo qoʻngʻiroqni sinab koʻring

Telegram'da yozing: menejer javob beradi, AI esa sizga qoʻngʻiroq qiladi. Qoʻngʻiroqlar 09:00–18:00 oraligʻida (Toshkent vaqti).